Kompyuter klublari uchun · bulutda ishlaydi

Klubdagi har bir PC va har bir so‘m nazoratda

Zal, kassa, bar va mijozlar bitta panelda. Kassir seans ochadi, egasi tushumni naqd, karta va depozit bo‘yicha ko‘radi. Alohida server kerak emas — aloqa uzilsa ham PC’lar ochiq seanslarni o‘zi davom ettiradi.

  • 30 kun bepul, 100 tagacha PC
  • O‘zbek va rus tilida
  • Disksiz PC’lar bilan ishlaydi
admin.turanshell.uz
TuranShell
TuranGamer9:41

O‘yinchi telefonda zal xaritasidan PC3 va PC4 ni tanlaydi — kassirning panelida «Ilovadan yangi bron» xabari chiqadi, ovozli eslatma yangraydi va plitkalar «Bron» holatiga o‘tadi. Rasmdagi ma’lumotlar namuna uchun.

30 kunbepul sinov, barcha imkoniyatlar ochiq
100 tagachaPC sinov davrida
2 tilpanel va PC ekrani: o‘zbek va rus
24/7aloqa uzilsa ham ochiq seanslar davom etadi

Klub egasi uchun

Pul qayerdan kelayotganini aniq ko‘rasiz

Dashboard joriy smena tushumini naqd, karta, depozit va bonus bo‘yicha ajratib ko‘rsatadi. Kassada qancha naqd pul bo‘lishi kerakligi ham shu yerda.

  • Hisobot va analitika — smenalar, mijozlar, PC bandligi, o‘yinlar va savdo
  • Sodiqlik tizimi — chegirma, keshbek, promokod va yutuqlar
  • Xodimlar va nazorat — egasi, menejer, kassir; har bir o‘zgarish jurnalda
  • Mijozlar fikri — 1 dan 5 gacha yulduz, tahrirlab ham o‘chirib ham bo‘lmaydi
admin.turanshell.uz
Dashboard

Har bir rol uchun

Klubni boshqarish uchun kerak bo‘lgan hammasi

To‘rt qism bitta tizimda ishlaydi: server bulutda, panel brauzerda, shell har bir PC’da, TuranGamer o‘yinchi telefonida.

Kassir uchun

Butun zal bitta ekranda: seans, bron, bar buyurtmalari, chaqiruvlar va PC bilan chat. Smenani ochish va yopish.

Bar va ombor

O‘yinchi PC’dan buyurtma beradi, kassir kutish vaqtini ko‘radi. Kirim, qoldiq, shtrix-kod va kam qolganda ogohlantirish.

Tariflar va to‘lov

Muddatli, paket, daqiqabay va abonement. Naqd, karta, depozit va bonus; to‘lovni naqd va kartaga bo‘lish.

Mijozlar va sodiqlik

Depozit, bonus, keshbek, promokod va yutuqlar. Shaxsiy va guruh chegirmasi, hafta kuni va soatga bog‘langan aksiyalar.

O‘yin PC’lari

Shell: PC ekrani klub rangida, disksiz ham ishlaydi

Qulf ekrani, vaqt hisobi, o‘yinlar, bar va chat. Hamma PC bitta obrazdan yuklansa ham, har biriga alohida CD-kalit va grafik sozlama beriladi.

Ekran klub brendida

urg‘u rangi, fon, logotip va QR kodlar

TuranDisk

diskli PC’ni ham, disksiz PC’ni ham bitta paneldan boshqarasiz

Qulfdan chiqarmaydi

shell yopilsa, xizmat uni 2 soniyada qayta ochadi

Masofadan boshqaruv

ekranni ko‘rish, fayl yuborish, yoqish va o‘chirish

TuranGamer9:41
TuranGamer9:41

TuranGamer

O‘yinchi telefonidan bron qiladi va hisobini ko‘radi

Android va iPhone uchun ilova hamda brauzerda ishlaydigan versiya. O‘zbek, rus va ingliz tilida.

  • Zal xaritasidan PC tanlab bron qilish
  • Depozit, bonus, yutuqlar va chegirmalar
  • QR orqali PC’ga kirish
  • Klub yangiliklari va oxirgi tashriflar

Ishonchlilik

Aloqa yoki svet uzilsa — tekin o‘yin yo‘q, vaqt saqlanadi

Server bulutda, PC’lar esa aloqa uzilganda ham o‘z hisobini yo‘qotmaydi.

Aloqa uzilsa

Ochiq seans PC’ning o‘zida davom etadi va tugaganda qulflanadi. Tiklangach PC aloqasiz o‘ynalgan vaqtni serverga hisobot qiladi.

Svet o‘chsa

Mijozning to‘langan vaqti saqlanadi, mehmon seansi pauzaga tushadi. PC yonganda o‘yin davom etadi.

Himoya

PC va server o‘rtasidagi aloqa shifrlangan. Har kuni avtomatik zaxira nusxa. Xodimlar huquqi va jurnal.

Nazorat

Egasi, menejer, kassir: har biri o‘z huquqi bilan. Har bir amal kim qilgani bilan jurnalga yoziladi.

Talablar

Nima kerak bo‘ladi

Server

Klubda alohida server kompyuter shart emas: server va panel bulutda ishlaydi, panel admin.turanshell.uz manzilida brauzerda ochiladi.

O‘yin kompyuterlari

Windows 10 yoki 11, 64-bit. Disksiz, bitta obrazdan yuklanadigan PC’lar ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Tarmoq

Klubning lokal tarmog‘i va internet. PC’lar serverga internet orqali (HTTPS) ulanadi. Wake-on-LAN ishlatilsa, uni har bir PC’ning BIOS’ida yoqish kerak.

Tillar

Panel va PC ekrani o‘zbek va rus tilida. TuranGamer o‘zbek, rus va ingliz tilida.

Internet

Panel va server bulutda bo‘lgani uchun internet kerak. Internet uzilsa, kassa va yangi seans ochish ishlamaydi, PC’lardagi ochiq seanslar esa davom etadi; aloqa tiklangach aloqasiz o‘ynalgan vaqt hisoblanadi.

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Internet uzilsa nima bo‘ladi?

PC’lardagi ochiq seanslar davom etadi: vaqt PC’ning o‘zida sanaladi va tugaganda PC qulflanadi. Aloqa tiklangach PC aloqasiz o‘ynalgan vaqt haqida hisobot beradi va u depozitdan hisoblanadi, tekin o‘yin bo‘lmaydi. Panel va server bulutda bo‘lgani uchun internet yo‘q paytda kassa va yangi seans ochish ishlamaydi.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Bulutdagi serverda, panel admin.turanshell.uz manzilida. Zaxira nusxa har kuni avtomatik olinadi: vaqtini va necha kun saqlanishini klub o‘zi tanlaydi.

Disksiz PC’larda ishlaydimi?

Ha. Hamma PC bitta obrazdan yuklansa ham, har biriga alohida CD-kalit va videokarta hamda monitoriga mos grafik sozlama berish mumkin.

Qanday to‘lov usullari bor?

Naqd, karta, mijoz depoziti va bonus. To‘lovni naqd va kartaga bo‘lish mumkin. Ishonchli mijozga belgilangan limit doirasida qarzga o‘ynashga ruxsat berish ham mumkin.

Fiskal chek chiqaradimi?

Ha, fiskal chek ishlaydi.

O‘rnatishni kim qiladi?

Server o‘rnatilmaydi, u bulutda. PC’larga shell’ni paneldan yuklab o‘zingiz o‘rnatasiz: o‘rnatishda paneldan olingan kod kiritiladi.

Narx

Avval sinab ko‘ring

100 tagacha PC, barcha imkoniyatlar ochiq. Sinovdan keyingi narx va shartlar bo‘yicha Telegram yoki telefon orqali bog‘laning; ro‘yxatdan o‘tgach savollarni panelning ichidagi «Qo‘llab-quvvatlash» chatida ham berishingiz mumkin.

30 kunbepul